Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari Toshkentda Turkiya fuqarosini qo‘lga oldi, deb xabar berdi byuro matbuot xizmati.

U muhrlarga qasddan zarar yetkazish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun qidiruvga berilgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi so‘rov qanoatlantirilgandan so‘ng, qo‘lga olingan shaxs Toshkent xalqaro aeroportida Interpolning Anqara Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirildi.