6 avgust kuni Farg‘ona viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Uchko‘prik tumanida yashovchi M.I.ning yashash manzili ko‘zdan kechirilgan. Viloyat IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, fuqaro xonadonidagi yer maydonida 17 tup «marixuana» o‘simligini yetishtirib kelayotganlini aniqlangan.

Bundan tashqari, og‘ilxonasining turli joylaridan qog‘oz va sellofan paketlarga solingan hamda oshxonasidagi javon ichidan qog‘oz qutilarga berkitilgan jami 5,2 kg «nasha» giyohvandlik moddasi topilgan.

Yashash xonadonidan polimer qopda «ko‘knori» poyalari va polimer sumkada ko‘knori boshoqlari, jami 7,7 kg ko‘knori giyohvandlik vositalari topilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan hibsga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.