2021 yilda yuridik shaxslar, qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlarining o‘rtacha oylik maoshi 2,6 mln so‘mni tashkil etdi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning mos davriga (2,2 mln so‘m) nisbatan 2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 119,5 foizga oshdi.

Yanvar oyida qo‘mita tomonidan e’lon qilingan ma’lumotda O‘zbekistonda 2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 3,2 mln so‘mni tashkil etgani qayd etilgan edi. Qishloq xo‘jaligi va kichik biznes subyektlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar umumiy statistikada aks etmagani mazkur raqamlarning amaldagisidan farqlanishini ko‘rsatdi.

Statistika qo‘mitasi chorshanba kuni e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida (qishloq xo‘jaligi korxonalari hamda kichik tadbirkorlarsiz) yuridik shaxslarning o‘rtacha oylik ish haqi 3,5 mln so‘mni tashkil etdi — o‘tgan yilning mos davriga (2,9 mln so‘m) nisbatan 119,3 foizga oshdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha

2022 yil yanvar-iyun oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi — bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasiга to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish darajasi 124,8 foizni tashkil etdi.


Shuningdek, axborot va aloqa sohasi 130,2 foiz, tashish va saqlash sohasi 126,1 foiz, savdo sohasi 120,1 foiz, sanoat sohasi 119,8 foiz, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi 115,5 foiz, ta’lim sohasida 114,5 foiz hamda qurilish sohasi 113,0 foizga o‘sgan.

Sanoatning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘i (6,761 mln so‘m), elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (5,077 mln so‘m) hamda ishlab chiqarish sanoati (4,418 mln so‘m)da kuzatildi. Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Navoiy viloyati (7,137 mln so‘m), Toshkent shahri (5,187 mln so‘m) Toshkent viloyati (4,772 mln so‘m), Qashqadaryo viloyati (4,460 mln so‘m) hamda Andijon viloyatida (4,189 mln so‘m) kuzatildi.

Qurilish faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent viloyati (5,787 mln so‘m), Navoiy viloyati (5,166 mln so‘m), Toshkent shahri (4,823 mln so‘m)da qayd etildi.

Savdo sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash (4,349 mln so‘m)da, eng past ko‘rsatkich esa avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo (3,316 mln so‘m)da kuzatildi. Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (4,273 mln so‘m), Buxoro viloyati (3,244 mln so‘m), Jizzax viloyati (2,939 mln so‘m), Namangan viloyatlarida (2,749 mln so‘m) kuzatildi. Shuningdek, yuqori o‘sish sur’ati Buxoro viloyati (157,2 foiz), Namangan viloyati (117,7 foiz) hamda Toshkent shahrida (115,9 foiz) qayd etildi.

Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi ombor xo‘jaligi va yordamchi transport faoliyati (7,588 mln so‘m)da, eng past ko‘rsatkich esa pochta va kurerlik faoliyati (2,105 mln so‘m)da kuzatildi. Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Xorazm viloyati (6,409 mln so‘m)da, Toshkent shahri (5,438 mln so‘m), Buxoro viloyati (5,006 mln so‘m) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (4,047 mln so‘m)da kuzatildi. Shuningdek, yuqori o‘sish sur’ati Sirdaryo viloyatida (2 martaga), Jizzax viloyatida (179,1 foiz), Xorazm viloyatida (162,1 foiz) Toshkent viloyatida (155,3 foiz) qayd etildi.

Axborot va aloqa sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar (11,231 mln so‘m)da, eng past ko‘rsatkich esa noshirlik faoliyati (6,112 mln so‘m)da kuzatildi.

Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish va sug‘urtalash bo‘yicha yordamchi faoliyat (10,083 mln so‘m)da eng past ko‘rsatkichi esa majburiy ijtimoiy sug‘urtalashdan tashqari, qayta sug‘urtalash va nafaqa jamg‘armalari faoliyati (9,097 mln so‘m)da kuzatildi. Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (11,763 mln so‘m), Andijon viloyati (8,959 mln so‘m), Buxoro viloyati (8,359 mln so‘m), Navoiy viloyati (8,003 mln so‘m) hamda Jizzax viloyatlari (7,934 mln so‘m)da kuzatildi. Shuningdek, yuqori o‘sish sur’ati Surxondaryo viloyatida (142,3 foiz), Andijon viloyati (138,1 foiz) hamda Buxoro viloyatida (132,5 foiz) qayd etildi.

Ta’lim sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy ta’lim (5,676 mln so‘m)da, eng past ko‘rsatkich esa maktabgacha ta’lim (1,448 mln so‘m)da kuzatildi. Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (3,924 mln so‘m), Namangan viloyati (2.575 mln so‘m), Toshkent viloyati (2,573 mln so‘m), hamda Sirdaryo viloyatlari (2,572 mln so‘m)da kuzatildi. Shuningdek, yuqori o‘sish sur’ati Toshkent shahrida (116,3 foiz), Surxondaryo viloyati (115,3 foiz), Samarqand (115,0 foiz), Xorazm (114,9 foiz) hamda Toshkent viloyatlarida (114,9 foiz) qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasining faoliyati turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (2,767 mln so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2,599 mln so‘m), Andijon viloyati (2,522 mln so‘m) hamda Sirdaryo viloyatlari (2,482 mln so‘m)da kuzatildi. Shuningdek, yuqori o‘sish sur’ati Surxondaryo viloyati (125,1 foiz), Navoiy (121,8 foiz) hamda Jizzax viloyatlarida (121,4 foiz) qayd etildi.

2022 yil yanvar-iyun oylari uchun o‘rtacha oylik ish haqi ko‘rsatkichini shakllantirishda qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subektlari hisobga olinmagan, chunki fermer xo‘jaliklari hamda kichik tadbirkorlik subektlari yilda bir marta hisobot taqdim etishi belgilangan.