«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati 2024 yilgacha rejalashtirilgan aksiyalarni ommaviy joylashtirishni moliyaviy bozorlardagi vaziyat barqarorlashgan vaqtga ko‘chirishi mumkin, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

23 iyul kuni «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va Rothschild & Cie investitsiya kompaniyasi IPO`ga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildi.

«Kapital bozorlarining hozirgi o‘zgaruvchanligini hisobga olib, maslahatchilar asosiy e’tiborni tayyorgarlik jarayoniga qaratishni va moliya bozorlaridagi vaziyat barqarorlashgandan keyin IPO`ga chiqish rejalarini qayta ko‘rib chiqish zarurligini tavsiya etishdi», — deyiladi xabarda.

Tomonlar 2022 yil oxirigacha «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining dastlabki va ijobiy fikrni shakllantirish uchun potensial to‘g‘ridan-to‘g‘ri investorlar bilan uchrashuv tashkil etish imkoniyatini ham ko‘rib chiqishdi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil iyul oyida Shavkat Mirziyoyev tegishli idoralarga 2024 yilgacha «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatinining xalqaro bozorlarda IPO`sini tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Bunda jamiyat ustav kapitalidagi kamida 51 foiz ulush davlatda qoladi. Keyinroq prezident IPO`ga tayyorgarlikni 2022 yil oxirigacha yakunlash bo‘yicha topshiriq berdi.