Prezidentning 7 iyuldagi «Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2022 yil 1 sentabrdan 2024 yil oxirigacha:

  • 4 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega transportlarda yo‘lovchi tashish o‘zini o‘zi band qilish deb qaraladi va ushbu faoliyat litsenziya varaqasi asosida amalga oshiriladi;
  • litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi.

Avvalroq, prezidentning huddi shu qarori bilan ikki yilda bir marta yuridik shaxslar haydovchilarining majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilingani haqida yozgandik. Qolaversa, endi fuqaro o‘z mashinasini taksichilik uchun yuridik shaxsga ijaraga berganda notarial tasdiqlashi shart bo‘lmaydi.