6 iyul kuni soat 08.56 da Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga Yashnobod tumanidagi Zo‘r TV telekanali joylashgan hududda 2 nafar noma’lum shaxs portlovchi modda o‘rnatayotganligi haqida xabar kelib tushgan, deya xabar qildi boshqarma matbuot xizmati.

Mazkur xabar asosida zudlik bilan Toshkent shahar IIBB xodimlari va boshqa mutaxassislar voqea joyiga yetib borgan.

Hudud o‘rganilganda, portlovchi yoki hayot uchun xavfli bo‘lgan boshqa moddalar aniqlanmadi, xabar o‘z tasdig‘ini topmadi, xavotirga asos yo‘q, deyiladi xabarda.

Hozirda Zo‘r TV telekanali o‘z ish faoliyatini doimgidek olib bormoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.