Joriy yilning iyun oyida ish uchun sayohat qilgan odamlar tomonidan biznes-klass aviachiptalarini bron qilish soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 112 foizga oshdi. Bu haqda «Aviasales for Business» xizmati tahliliga tayanib «RBK» xabar berdi.

Bunday chiptalarning umumiy hajmidagi ulushi 2021 yil iyun oyidan beri 0,16 foizdan 0,34 foizgacha o‘sdi.

Buyurtmalar soni bo‘yicha Rossiyaning eng mashhur xorijiy yo‘nalishlari borasida Top-3 ro‘yxatidan Armaniston va Gruziyadan keyin O‘zbekiston ham joy oldi. Rossiyaliklar Markaziy Osiyoning markaziy davlatidagi biznes safarlari uchun asosan uch kun sarflamoqda.

Eslatib o‘tamiz, may oxirlarida Rossiya-Ukraina mojarosi fonida rossiyaliklar O‘zbekiston yo‘nalishida bir tomonlama aviachiptalarni ko‘proq xarid qilayotgani haqida yozgandik. Tahlilchilarning ma’lumotiga ko‘ra, mart-aprel oylarida konsalting, moliya va IT-kompaniyalar vakillari ortga qaytish chiptalarini nisbatan kamroq sotib olgan.