14 iyun — Butunjahon donorlar kuni. Qon hamma joyda kerak, ammo unga muhtojlar hamma joyda ham ololmaydi, deya ta’kidladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti.

Xavfsiz qon unga muhtoj bo‘lgan har bir kishi uchun mavjud bo‘lishini ta’minlash uchun barcha mamlakatlarda ixtiyoriy, to‘lovsiz va muntazam ravishda qon topshirishga tayyor donorlar bo‘lishi zarur.

Qon va qon mahsulotlari avariya, tabiiy ofat va baxtsiz hodisalar oqibatida jarohatlanganlarga samarali yordam ko‘rsatishda, shuningdek, qon donorligi homiladorlik va tug‘ish natijasida qon ketishini boshdan kechirgan ayollarga, bezgak va to‘yib ovqatlanmaslik natijasida og‘ir anemiya bilan og‘rigan bolalarga, qon va suyak iligi kasalliklari, gemoglobin sintezi va immunitet tanqisligi bilan og‘rigan bemorlar, murakkab tibbiy va jarrohlik muolajalarni boshdan kechirayotganlarga juda muhim manbadir.


JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘rta va quyi daromadli mamlakatlar ayniqsa qon tanqisligidan qiynaladi.

Toshkent shahridagi Respublika qon quyish markaziga murojaat qilib, donorga aylanish mumkin. Markaz xodimlari qon topshirishga qanday holdagilar to‘g‘ri kelmasligi, donorlikka qanday tayyorgarlik ko‘rish va undan keyin qanday dam olishni tushuntiradilar.

Potensial donor o‘sha joyni o‘zida bepul tekshiruvdan o‘tadi va natijalarni tez fursatda oladi. Qon topshirganidan keyin donorga issiq ovqat beriladi. Bundan tashqari, ikki kunga ishdan ozod qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ham beriladi, ulardan biri keyinchalik ta’tilga ilova qilinishi mumkin.

Qonni poytaxtdagi boshqa tashkilotlar markazida ham xavfsiz topshirish mumkin:

  • Qon mahsulotlarini ilmiy ishlab chiqarish korxonasi (Yashnobod tumani, 1chi Mavlono Riyozi shoh ko‘chasi, 2-uy);
  • Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti (Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 42A);
  • V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 10-uy);
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi (Olmazor tumani, Forobiy ko‘chasi, 2-uy);
  • Mudofaa vazirligi huzuridagi Markaziy harbiy klinik gospitali (Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi, 4-uy).

Shuningdek, viloyat markazlari va Nukus shahridagi qon quyish markazlarida qon topshirish mumkin:

  • Samarqand viloyati qon quyish stansiyasi (Samarqand sh., Pomir ko‘chasi, 7-uy);
  • Farg‘ona viloyati qon quyish stansiyasi (Farg‘ona sh., Madaniyat ko‘chasi, 12A);
  • Andijon viloyati qon quyish stansiyasi (Andijon shahri, Qushariq ko‘chasi, 39a);
  • Respublika qon quyish stansiyasi (Nukus shahri, X.Rejepov ko‘chasi);
  • Jizzax viloyati qon quyish stansiyasi (Jizzax sh., Shifokor ko‘chasi, Toshloq mahallasi, 3-uy);
  • Qashqadaryo viloyati Qon xizmati markazi (Qarshi shahri, Navoiy ko‘chasi, 3-q mikrorayon);
  • Navoiy viloyati qon quyish stansiyasi (Navoiy, L. Tolstoy ko‘chasi, 18-uy);
  • Namangan viloyati qon quyish markazi (Namangan sh., Boburshoh ko‘chasi, 12-uy);
  • Surxondaryo viloyati qon quyish stansiyasi (Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 44-uy);
  • Sirdaryo viloyati qon quyish stansiyasi (Guliston shahri, N.Zokirov ko‘chasi, 330-uy);
  • Buxoro viloyati qon quyish stansiyasi (Buxoro, Cho‘lpon ko‘chasi, 12-uy);
  • Toshkent viloyati qon quyish stansiyasi (Chirchiq, Zakovat ko‘chasi, 20a);
  • Farg‘ona viloyati qon quyish stansiyasi (Farg‘ona sh., Madaniyat ko‘chasi, 12-uy);
  • Xorazm viloyati qon quyish markazi (Urganch sh., Manguberdi ko‘chasi, 12A).