O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12−13 may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda uning matbuot kotibi.

Safar davomida qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlaridagi korxonalar faoliyati bilan tanishish reja qilingani aytildi.

Shuningdek, mahallalardagi bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirish, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.