Antikorrupsiya agentligi 2022 yil birinchi choragida IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilgan aniq manzillar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Respublika hududidagi avtomobil yo‘llarida 2022 yil birinchi choragida jami 37 ta yangi fotoradar hamda kuzatuv kameralari ishga tushirilgan. Ulardan 4 tasi xavfsizlik kamarini taqmaslik yoki haydovchilarning telefondan foydalanganlik holatini aniqlovchi kuzatuv kamerasi, 33 tasi esa harakat tezligini belgilangan me’yordan oshirib yuborganlik holatini aniqlovchi fotoradar qurilmalaridir.

Yangi ishga tushirilgan fotoradar hamda kuzatuv kameralari hududlar kesimida quyidagicha:

  • Surxondaryo viloyatida — 10 ta;
  • Xorazm viloyatida — 7 ta;
  • Qashqadaryo viloyatida — 5 ta;
  • Toshkent shaharida — 5 ta;
  • Farg‘ona viloyatida — 4 ta;
  • Toshkent viloyatida — 4 ta;
  • Buxoro viloyatida — 2 ta.

Respublika hududida 2022 yil birinchi choragida yangi o‘rnatilgan fotoradar hamda intelektual kuzatuv kameralari ro‘yxati:

(fotosuratlarni kattalashtirish uchun rasmni ustiga ikki marta bosing)