Tarmoqlarda voyaga yetmagan yigit dadasi IIVda ishlashini aytib, bir necha mashinani 170 km/soat tezlikdan oshirib harakatlangani aks etgan video tarqaldi. YHXX yigitning onasi bola tarbiyalashda majburiyatlarni bajarmaslik moddasi bo‘yicha 1,7 mln so‘m jarimaga tortilganini ma’lum qildi.
Namanganda o‘zganing Mersedes-Benz rusumli avtomashinasini davlat raqamlarisiz va guvohnomasiz boshqarayotgan yigit Instagram’da yo‘l harakati qoidalarini qanday buzayotgani haqida video joyladi. U oltita modda bo‘yicha jarimaga tortildi.
Namangan shahrida yashovchi fuqaro Malibu avtomobiliga soxta raqam taqib, bir nechta qoidabuzarliklar sodir etdi. Uning aytishicha, soxta raqamni tanishi orqali Moskvada yasattirgan. Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mashina jarima maydoniga joylashtirildi.
Namangan shahrida 2023-yil boshidan beri 152 marta qoidabuzarlik qayd etilgan Hyundai aniqlandi. Jarimalarning umumiy summasi 410 million so‘mga teng.
Qo‘qon shahrida viloyat YPX otryadi komandir o‘rinbosari Tracker avtomashinasini piyodalar o‘tish joyida qoldirdi. Viloyat IIB buning uchun xodim 600 ming so‘m jarimaga tortilganini ma’lum qildi.
Prezident qaroriga ko‘ra, 1 dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash boshlanadi. Haydovchi tezlikni oshirsa 1 ball, qizil chiroqda o‘tsa 3 ball jarima yoziladi. Bir yilda qoidabuzarliklari 12 balldan oshgan haydovchi ma’lum muddatga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Toshkentning Chilonzor tumanida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Lacetti haydovchisiga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. U hujjatlari yo‘qligi hamda belgilanmagan joyda qayrilib olgani uchun uni to‘xtatgan YHXBB xodimlaridan yashirinishga uringanini aytdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi respublika avtomobil yo‘llari 2022 yil birinchi choragida jami 37 ta yangi fotoradar hamda kuzatuv kameralari bilan boyiganini ma’lum qildi. Ulardan 4 tasi xavfsizlik kamari va mobil telefon bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni aniqlaydi. Fotoradar va kameralar manzili.
Prezident qaroriga muvofiq, 1 dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash boshlanadi. Unga ko‘ra, bir yilda qoidabuzarliklari 12 balldan oshgan haydovchi ma’lum muddatga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi. Qoida buzmagan haydovchilarga esa bonus ballari beriladi.
Toshkentdagi tungi reyd davomida qoidabuzar ayol va uning ukasi YPX xodimlariga bo‘ysunmasdan, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan va ko‘pollik qilgan. Ayol o‘zini vazir o‘rinbosarining ikkinchi xotini ekanligini aytib, hujjatlarini taqdim etmagan. Uning ukasidan hujjatlar talab qilinganida, u «Toshkent fuqarosiman» deya, hujjatlari yo‘qligini aytadi. Ushbu fuqarolarga tegishli chora ko‘rilib, avtoulov vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Yanvar oyidan boshlab yo‘l harakati qoidalari buzilganligi haqidagi videolarni istalgan videoyozuv moslamasidan, shu jumladan smartfonlarda yozib olib, yuborish mumkin. dyhxx.ejarima.uz saytida arizani qanday rasmiylashtirish mumkinligini batafsil tushuntiramiz. Mukofotni xayriya ishlari uchun yo‘naltirish mumkin.
Toshkentda qizil chiroqda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan UZB raqamli Toyota Land Cruiser haydovchisi jarimaga tortildi.
Toshkentda inpektordan qochib tezlikni oshirgan Lacetti haydovchisi oltita avtomobilga shikast yetkazib, oxirida yo‘l o‘rtasidagi simyog‘ochga borib urildi. Hodisadan hech kim jarohatlanmadi.
Olmaliq shahri hokimining o‘g‘li yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun 17-marta jarimaga tortildi. U o‘z qoidabuzarligi videolarini TikTok va Instagram sahifalarini joylashtirib borgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting