O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov (13−0, 9 KO) Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan «Bivol-Kanelo» shousi doirasida yarim o‘rta vazn toifasida meksikalik Kristian Gomesga (22−3, 20 KO) qarshi IBF North American tituli uchun jang o‘tkazdi.

Jang shiddatli va ajoyib tarzda o‘tdi, 28 yoshli G‘iyosov o‘z harakatlarini nazorat qilib, raqibini uch marta — 4, 7 va 10 raundda nokautga uchratdi. Shu bilan birga, Gomes ham qulay imkoniyatlarga ega bo‘lib, ulardan birida G‘iyosovni kuchli zarba bera oldi.

10 raund yakuniga ko‘ra, hakamlar bir ovozdan 99:88, 98:89 va 99:88 hisobida g‘alabani o‘zbekistonlik bokschiga berishdi.

Shahram G‘iyosov uchun bu o‘rta vazn toifasida (147 funt/66,6 kg gacha) birinchi jang bo‘ldi. Ilgari u yengil vazn toifasida (140 funt/63,5 kg gacha) ishtirok etgan.

«O‘z chiqishimdan juda mamnunman, chunki o‘z vaznimda ko‘tarildim… O‘zimni juda yaxshi his qildim: yaxshi tayming, yaxshi zarbalar, mashg‘ulotlarda nimaning ustida mashq qilgan bo‘lsak, bu yerda hammasi o‘xshadi. Katta janglarga tayyorman, o‘z salohiyatimni to‘liq ko‘rsatmoqchiman», — dedi Shahram G‘iyosov jangdan keyin.

Buxorolik bokschi raqibini ham olqishladi.

«Birinchidan, u yaxshi bokschi. Men unga bellashgani uchun rahmat aytaman. Va juda munosib boks uchun. Haqiqiy meksikalik jangchi, u shunday nokdaundan keyin o‘z xarakterini ko‘rsatdi, shunday zarbadan keyin u o‘rnidan turdi va jasoratini ko‘rsatdi. Lekin men katta janglarga tayyorman. Men buning uchun oilamdan uzoqda mashq qilmoqdaman. Men oldinga boraman, hech qanday to‘siq ko‘rmayapman. Men barcha kamarlarni qo‘lga kiritmoqchiman», — dedi u.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Shunday qilib, Shahram G‘iyosov vakant bo‘lib turgan IBF versiyasi bo‘yicha yarim o‘rta vaznda Shimoliy Amerika chempioni kamarini qo‘lga kiritdi.