5 may, payshanba kuni soat 17:26 da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Nest One osmono‘par binosi qurilishi maydonchasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi.

Soat 17:27da voqea joyiga 3 ta o‘t o‘chirish brigadasi yetib keldi, soat 17:38da yong‘in o‘chirildi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Foto: FVV matbuot xizmati.

Yong‘in qurilish ishlari olib borilayotgan vaqtda binoning 7-qavatida yuzaga kelgan, 4 kv. m. maydondagi qurilish materiallari yongan.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yoki halok bo‘lganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.