Texnikum bitiruvchilari OTMlarning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu ro‘yxat orqali texnikum bitiruvchilari OTMlarning qaysi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirishlari ma’lumot oladilar. Ro‘yxat bilan ushbu havolada tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun, 2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega.

Avvalroq test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangani haqida yozgan edik.