O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Havo desant xizmati mutaxassislari bilan navbatdagi amaliy sakrash mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Vazirlik matbuot xizmati ushbu mashg‘ulotlar aks etgan videoni e’lon qildi.

Desantchilar Il-76 havo trasnportidan turli balandliklardan sakrab, berilgan topshiriqni bajarishdi.

«Jangovar topshiriqning o‘z vaqtida va sifatli bajariligi bevosita harbiy xizmatchilarning malakasi va kasbiy tayyorgarligiga bog‘liqdir. Shu bois har bir desantchi havoda parashyutni boshqarishda shamol yo‘nalishi va tezligini inobatga olib, belgilangan joyga qo‘nishga harakat qilmoqda», — deyiladi videolavhada.

Yerga qo‘ngan harbiy xizmatchilar guruhlarga bo‘lingan holda o‘quv-jangovar vazifani bajarishga kirishishdi.

Video