Toshkentning Chilonzor tumani Al-Xorazmiy ko‘chasida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasining uch nafar xodimi 5 aprel kuni kechqurun benzin baklari yonida hushsiz holda topildi. Bu haqdagi xabar poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 19:20 da kelib tushgan.

Tez orada yoqilg‘i quyish shoxobchasiga yetib kelgan qutqaruvchilar jabrlanganlarni xavfsiz joyga olib chiqqan va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirgan. Shundan so‘ng yoqilg‘i quyish shoxobchasi xodimlari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya bo‘limiga yotqizilgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zaharlanish yoqilg‘i quyish shoxobchasi hududida o‘rnatilgan katta hajmli baklar yonida to‘plangan benzin bug‘lari konsentratsiyasining oshishi (benzin pari to‘planishidan — tahr.) bilan bog‘liq.

Voqea joyiga jami 15 nafar xodimdan iborat uchta qutqaruv brigadasi, shuningdek, tuman prokuraturasi, IIB tezkor tergov guruhi va sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari yetib borgan.