30 mart kuni «Yagona umumrespublika protsessing markazi» MCHJ (YAUPM) banklarga Uzcard plastik kartalarini mijozlariga «bir zumda» ishlab chiqarish imkonini beruvchi yangi xizmatni taqdim etdi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Gap NFC texnologiyasi bo‘yicha kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlovchi raqamlari bo‘rttirilgan Uzcard kartalarini muomalaga chiqarish haqida ketmoqda. Tadbir davomida ishtirokchilarga Entrust kompaniyasining Entrust Datacard 840CE modeldagi uskunasi yordamida raqamlari bo‘rttirilgan yangi turdagi kartalarni chop etish jarayoni namoyish etildi. Qolaversa, mazkur kartalarning raqamlari ham odatdagidek 8600 bilan emas, balki 5614 bilan boshalanadi.

UZCARD vakillari plastik kartalar tarqatiladigan emissiya xizmati haqida so‘zlab berar ekan, kompaniya banklar-ishtirokchilarga ularning bank bo‘limlarida kartalarning «bir zumda» ishlab chiqarilishini tashkil etish imkonini beruvchi xizmatni taklif qildi.

Shunga qaramasdan, mijoz bankka murojaat qilgan vaqtdan mazkur kartani rasmiylashtirish va faollashtirishga qadar bo‘lgan muddat 5 daqiqani tashkil etadi. «Boshqa so‘z bilan aytganda, odamlarga kartani ro‘yxatdan o‘tkazish va olish uchun bankka ikki marta kelish shart emas, mijoz murojaat qilgan kundayoq darhol Uzcard kartasini olishi va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish mumkin», deya tushuntirda kompaniya.

Markaz tomonidan NFC texnologiyali kartalardan foydalanishda kontaktsiz to‘lovni qabul qilish va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun terminal infratuzilmasini rivojlantirish davom ettirilishi qayd etildi. Mazkur kartalar bilan jamoat transportida birgina urinishda to‘siqlarsiz yo‘lkirani to‘lash mumkin.