Mart oyining oxiri va aprel boshidagi hafta mobaynida yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

28 mart kunduz kuni respublikaning katta qismida quruq va nisbatan iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kuni havo +15…+17 daraja, janubda +20…+22 darajagacha isiydi.

Yog‘ingarchilik faqat respublikaning shimoliga Volga bo‘yi hududlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi hisobiga Qoraqalpog‘istonda va Xorazmning ba’zi joylarida kuzatiladi. Shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayadi.

Dushanba kuni kechqurun va ertaga antitsiklon kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Respublika hududlari bo‘yicha (shimol va chekka janubdan tashqari) ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Sovuq front o‘tishida kunduzi harorat +7…+10 darajagacha pasayadi.

30 martdan 1 aprelgacha O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliklar kutilmaydi, kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 30 martda havo harorati kechasi 0…+3 daraja, ba’zi joylarda +2 darajagacha, kunduzi esa +12…+17 daraja atrofida bo‘ladi.

Hafta oxiriga kelib, harorat kechasi ham ko‘tarilishni boshlaydi. Tunda harorat +5…+10 daraja, kunduzi esa +17…+22 darajagacha, janubda esa +23…+25 darajagacha isiydi.

O‘zgidrometning qo‘shimcha qilishicha, tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi saqlanib qoladi.