Bugun, 13 mart kuni soat 16:00 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining «Taxtaqoracha» dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Bunga sabab, M-39 avtomobil yo‘lining «Taxtaqoracha» dovoni qismida (1138−1141 kilometrlari oralig‘ida) kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida qisman o‘pirilish yuzaga kelgan.

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida profilaktik ishlar amalga oshiriayotgani aytildi.

Dovonning qayta ochilishi bo‘yicha FVV Matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumot taqdim etishini xabar qildi.