«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda tovuq go‘shtidan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Baqlajon va pishloqli tovuq go‘shti


Bunday taomni tayyorlash juda maroqli va qiziqarli. Tovuq go‘shti, baqlajon va motsarella pishlog‘i uyg‘unlashuvi juda mazali ta’mni hosil qiladi.

Tovuqning lahm sonidan qozon-kabob


Ushbu taomni bizning retseptimiz bo‘yicha albatta tayyorlab ko‘ring. Kechki ovqat yoki tushlik uchun oltin rangli kartoshka va sersuv tovuq go‘shtiga to‘la taom yarating.

Qaymoq-qo‘ziqorinli qaylada pishirilgan tovuq filesi


Qaymoqli qaylada pishiriladigan tovuq filesi juda tez tayyor bo‘ladi. Bunday taom takrorlanmas ta’mga ham ega bo‘lib, bir martadayoq ko‘nglingizga yoqishi shubhasiz.

Ko‘zachada pishirilgan tovuq


Ko‘zachalarda tayyorlanadigan bu taom juda mazali bo‘lib, ajoyib ko‘rinishi bilan ko‘pchilikni qiziqtirsa ajab emas.

Tovuqli «dangasa» xonim


An’anaviy taomni tayyorlashning yana bir oson usulini e’tiboringizga taqdim etamiz. Bunday xonim oddiy masalliqlardan tayyorlanib, ammo tugilish usuli siz uchun noodatiy bo‘lishi aniq.

Tovuq oyoqchalari va grechka


Bu taomda tovuq oyoqchalari grechka va sabzavotlar bilan bir idishda o‘z ta’mini uyg‘unlashtirgan holda pishiriladi. Bunday taom siz va oila a’zolaringiz uchun ajoyib topilma bo‘la oladi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15