2 mart, chorshanba kuni O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida shprits va ularni xavfsiz utilizatsiya qilish uchun qutilardan iborat umumiy qiymati 669 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan yuk yetib keldi. Bu haqda YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shpritslar joriy yilning mart oyi o‘rtalarida yetkazib berish rejalashtirilgan Pfizer-BionNTech vaksinasi bilan emlash uchun ishlatiladi.

Eslatib o‘tamiz, YUNISEF tomonidan COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga ushbu mexanizm doirasida hamda xayriya qilingan Covid-19 ga qarshi vaksinalarining umumiy soni 12,67 million dozaga yetdi. Ularning umimiy qiymati 97,4 million AQSh dollarini tashkil etadi.

25 fevral kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev mart, iyun va iyul oylarida yana 4 mln doza Pfizer vaksinasi olib kelinishini ma’lum qilgandi.

Foto