27 fevral, yakshanba kuni O‘zbekistonning 11 ta hududida 106 kishining koronavirusga topshirgan PZR-test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi. Bu bir kun oldingi (125 ta) holatga qaraganda 19 taga kam.

Kun davomida 15 nafar fuqaroda (shanba kuni 19 kishida) pnevmoniya aniqlandi, deb xabar berdi SSV.

Pandemiya boshidan beri kovid bilan kasallanganlarning rasmiy ro‘yxatga olingan soni 236405 nafarni tashkil etmoqda.

Yakshanba kuni eng ko‘p holat Toshkent shahri (44 ta) va viloyati (23 ta), Surxondaryo viloyatida (11 ta) qayd etildi. Qolgan hududlarda esa 5 tadan (Farg‘ona) kamroqni tashkil etmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida esa COVID-19`ni yuqtirib olish holatlari kuzatilmadi.

Kasallikdan sog‘ayganlarning umumiy soni 232918 nafarga (98%) yetdi.

Shuningdek, 2 bemor kovid asoratlari oqibatida vafot etdi, o‘lim holatlari jami 1635 tani tashkil qildi.