18 fevral, juma kuni O‘zbekistonda 191 nafar fuqaroning kovidga topshirgan PZR-test tahlili musbat natijani qayd etdi. Bu — 5 yanvardan buyon eng past ko‘rsatkich, deb xabar berdi SSV.

Bir kun oldin ushbu ko‘rsatkich 241 tani tashkil qilgandi. Koronavirus infeksiyasi aniqlanganlarning umumiy soni 235 mingdan oshdi.

Eng ko‘p ko‘rsatkich hanuz Toshkent shahrida — 84 ta, Toshkent viloyatida — 23 ta, Samarqandda — 19 ta va Xorazmda — 10 ta qayd etildi. Qolgan hududlarda 8 tadan (Surxondaryo) 2 tagacha (Qashqadaryo) holat kuzatilgan.

Bir kun ichida Toshkent shahrining o‘zida 1023 nafar bemor sog‘aydi. Kasallikdan tuzalganlarning umumiy soni esa 224 458 taga (95%) yetdi.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1617 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 42 nafar (bir kun oldin 47 nafar) kishida pnevmoniya aniqlandi.