Yaqin vaqt ichida Toshkentda harakatlanish tezligini 60 km/soatgacha pasaytirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilinadi. Bu haqda 10 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi tashrif chog‘ida ma’lum qildi.

Davlat rahbari Samarqandda yangi qurilgan yer osti tonneli, yo‘llarni ko‘zdan kechira turib, xavfsiz yo‘l, xavfsiz piyoda konsepsiyasini yaratish haqida so‘zlagan.

«Yaqinda Toshkentda tezlik ko‘pi bilan 60 km/soatgacha belgilangani haqida qaror chiqadi», — deya prezident so‘zlarini keltirmoqda bloger Aziza Qurbonova.

Xabar to‘ldirilmoqda.