Toshkent metropoliteni poytaxt bo‘ylab elektroenergiya uzilishlari sababli barcha yo‘nalishlarda harakatni to‘xtatganligini ma’lum qildi.

Harakat elektr energiyasi yongach tiklanadi.

Seshanba kuni soat 11:00 da mamlakat va mintaqa energotizimida yirik avariya ro‘y berdi. Qo‘shni mamlakatlarda ham energiya yo‘q.

Toshkent ko‘chalarida svetoforlar o‘chganligi uchun YPX inspektorlari harakatni boshqarmoqda.