Iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida «Xududgazta’minot» AJ tabiiy gazdan qarzdorlik uchun avtomatik ravishda o‘chirishni vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

«Xonadoningizdagi hisoblagich o‘chirilgan bo‘lsa, avvalo asosiy kiruvchi va uy ichidagi barcha gaz jihozlarni o‘chiring, so‘ngra markaziy ko‘k „ENTER“ tugmasini uch marta bosing va 6 daqiqa kuting», — deyiladi xabarda.

Gaz bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan taqdirda fuqarolar gaz ta’minoti tashkilotining 104 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin bo‘ladi.