18 yanvar kuni Farg‘ona viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, unda Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori A.T. pora bilan ushlandi.

U o‘zining mansab vakolati doirasiga kirmasada, fuqaro A.X.dan unga tegishli bo‘lgan go‘sht do‘koni orqa tomonida joylashgan 1,5 sotix yer maydonini go‘yoki kadastr xodimlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirish evaziga 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi «v» bandi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.