Shu kunlarda qator OAVlarda Qozog‘istonda sodir bo‘lgan tartibsizliklarda ishtirok etishda gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosining 17 yanvar kuni Turkiston viloyati (Qozog‘iston) «Jibek joli» o‘tish punktida qo‘lga olinganligi haqida xabarlar tarqaldi.

«O‘zbekiston Respublikasining Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs O‘zbekiston fuqarosi emas», — deyiladi TIV rasmiy vakilining bayonotida.

«Jibek joli» o‘tish punkti orqali O‘zbekistonga o‘tishga uringan 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘lga olingani haqidagi rasmiy xabar Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining veb-saytida joylashtirilgan.

«Qo‘lga olingan shaxsning mobil telefonida Shimkentdagi tartibsizliklar joyidan suratga olingan videomateriallar mavjud edi. Uning orqasida esa o‘q izidan qolgan jarohat bor edi (taxminanlarga ko‘ra, rezina o‘q izi)», — deyiladi qo‘mita xabarida.

Biroq huquq-tartibot organi hisobotida hibsga olingan shaxs bevosita O‘zbekiston fuqarosi ekanligi qayd etilmagan.