15−16 yanvar ya’ni dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan quruq va nam hamda Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo massalari, qolaversa, Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan sovuq havo oqimi kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

15−16 yanvar kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda:

  • Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida shamol kuchayib, 17−22 m/s gacha esadi;
  • Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ham bu holat kuzatilib, ayrim joylarda 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin;
  • 18 yanvarda Surxondaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida ham shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

15−18 yanvar oralig‘ida respublikada vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda esa kuchli yog‘ingarchiliklar bo‘lishi mumkin.