Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida karantin qoidalariga qat’iy rioya qilinadi, deya xabar bermoqda MTV matbuot xizmati.

Bunga O‘zbekistonda koronavirusning omikron shtammining aniqlangani sabab qilib ko‘rsatildi.

Unga ko‘ra:

  • Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «COVID- 19» pandemiyasi davrida vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablarga qat’iy rioya etiladi;
  • bayram tadbirlari o‘tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi;
  • ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi (zarur vaziyatlarda so‘nggi uch kunlik PSR testi va emlanganligi haqida sertifikati bo‘lishi lozim);
  • yig‘ilishlar o‘tkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yig‘ilishlar videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladi;
  • mazkur cheklov buzilsa, tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qo‘llaniladi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Avvalroq, O‘zbekistonda karantin choralari yana kuchaytirilishi aytilgandi. Undan so‘ng maktablarda ham qishki ta’til 24 yanvarga qadar uzaytirildi.