«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda banandan tayyorlanadigan shirinliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Bananli krambl


Nonushta uchun to‘g‘ri keladigan amerikancha juda mashhur desert. Bananli kramblni iliq yoki sovuq holida, masalan vanil tamli muzqaymoq bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.

Bananli qatlamachalar


Tayyor qatlamali xamir va bananlardan 15 daqiqada tayyorlash mumkin bo‘lgan mazali yegulik retseptiga ahamiyat bering. Bu retsept ayniqsa kutilmagan mehmonlar tashrif buyurganda yoki kun bo‘yi ishlaydigan ayollarimizga juda as qotadi.

Shokolad va bananli maffinlar


Shokoladli pishiriqlar barcha faslda sevib iste’mol qilinadi, ayniqsa nonushtaga issiq qahva bilan tanovvul qilinsa maqsadga muvofiq. Bugun sizlarga oddiy, chiroyli va eng asosiysi juda mazali maffinlar tayyorlanishini ko‘rsatamiz.

Shokolad va yong‘oqlar solib pishirilgan bananli non


Xushbo‘y, nihoyatda mazali bo‘lmish mana bunday bananli non hech kimni befarq qoldirmasligi aniq. Bananli nonni nonushtada iste’mol qilish tavsiya qilinadi: bir kecha sovutgichda qoldirilgan bunday pishiriq yanada lazzatli ta’mni o‘zida hosil qiladi.

Banan-apelsinli pechenelar


Banan va apelsin solib tayyorlanadigan bunday pechenelar mazali bo‘libgina qolmay, balki juda ham xushbo‘y bo‘lib pishadi.

Bananli quymoqchalar


Bananlar solib pishiriladigan quymoqchalar retseptini taqdim etamiz. Bunday yegulik juda mazali bo‘lib, ayniqsa bolajonlarga juda yoqadi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15