Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Vladimir Putinning taklifi bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetib keldi.

«Pulkovo» xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur tashrif davomida prezidentning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Tadbirda yetakchilar yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilib, hamkorlikni rivojlantirishning kelgusidagi yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashishi ma’lum qilindi.