Yagona respublika protsessing markazi (Uzcard) 2022 yil yanvar oyi oxirigacha bankomatlarida 50 va 100 dollarlik banknotlarni qabul qilish funksiyasini tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Gazeta.uz»ning so‘roviga kompaniya va Markaziy bank matbuot xizmati javob berdi.

sentabr oxirida ba’zi banklar kompaniyaga bankomatlar tarmog‘ida 100 va 50 dollarlik soxta pullarni qayta ishlashning alohida holatlari haqida habar bergani sababli valyuta bankomatlarida ayirboshlash funksiyasini to‘xtatgan edi.

Yagona respublika protsessing markazi aniqlangan muammolardan so‘ng «tegishli bankomat dasturiy ta’minotini yangilash uchun sotuvchilar bilan o‘zaro hamkorlik jarayonini va taqdim etilgan namunalarni sinovdan o‘tkazishni boshlagan».

«Kompaniya 2022 yil yanvar oyi oxiriga qadar ishlarni to‘liq yakunlash va banknotlarni qabul qilish funksiyasini qayta tiklashni rejalashtirmoqda», — deyiladi kompaniya xabarida.

Kompaniya, shuningdek, qalbaki pullar qanday aniqlanganini ham ma’lum qildi.

«Bankomatlarda qabul qilingan va chiqarilgan pul uchun bo‘limlar bir-biridan mustaqil bo‘lib, mijozlar tomonidan qo‘yilgan banknotalar inkassatsiyaga qadar bankomatda qoladi. Keyin ular bankka boradi, u yerda qalbaki banknotlar aniqlanadi. Shuning uchun bu masala butunlay banklarning vakolatiga kiradi. Biz faqat alohida holatlar bo‘yicha so‘rovlar oldik, ammo bu xizmatni to‘xtatib turish va muammoni hal qilishni boshlash uchun yetarli edi», — deya qayd etdi Yagona respublika protsessing markazi.

Uzcard bankomatlar uchun dasturiy ta’minot sotuvchilari «Uskunaning qo‘shimcha xavfsizligini ta’minlash uchun barcha kerakli o‘zgartirishlar kiritildi», — deya ta’kidladi.

1 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 12 814 ta bankomat va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish infokiosklari o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xususiy sektorga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.