COVID-19 infeksiyasiga chalinish holatlari bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

27 dekabr kuni dunyoda 1,44 milliondan ortiq yangi COVID-19 holatlari aniqlandi. Johns Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, bu kasallanish bo‘yicha yangi jahon rekordi hisoblanadi. Bu haqda Kommersant’ nashri xabar berdi.

Shu bilan birga, so‘nggi oylarda o‘lim darajasi biroz oshgani qayd etildi. Oxirgi yetti kun davomida o‘limning o‘rtacha darajasi oktabr oyining o‘rtalaridan boshlab, omikron tarqalishiga qaramay, taxminan 7 mingtadan oshmagan.

Co‘nggi tadqiqotlarga tayanib, omikron koronavirusning boshqa shtammlariga qaraganda 70 marta tezroq yuqishi ma’lum qilindi. Lekin u keltirib chiqaradigan kasallik, ayniqsa, odam emlangan va qayta emlangan hollarda yengilroq o‘tadi. Shu sababli o‘lim soni ortib ketmagan — Bloomberg.


2021 yilda 10 ta tabiiy ofat dunyo iqtisodiyotiga 170 mlrd dollardan ortiq zarar yetkazdi

2021 yilda sodir bo‘lgan moliyaviy jihatdan eng muhim o‘nta tabiiy ofat jami 170 milliard dollardan ortiq zarar keltirdi, bu o‘tgan yilgidan qariyb 20 mlrd dollarga ko‘p hisoblanadi. 27 dekabr kuni Buyuk Britaniyaning Christian Aid gumanitar tashkiloti yetkazilgan zararning umumiy miqdorining qariyb 13 foizga oshganini qayd etdi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avgust oyi oxirida AQSh sharqida sodir bo‘lgan va Nyu-York hududida kuchli suv toshqiniga sabab bo‘lgan «Ida» to‘foni 2021 yilda eng katta moliyaviy ta’sir ko‘rsatgan tabiiy ofat bo‘ldi. Ushbu ofat yetkazgan zarar 65 mlrd dollarga baholandi.

Ikkinchi o‘rinda — iyul oyida Germaniya va Belgiyadagi suv toshqinlari, jami 43 mlrd dollar zarar yetkazgan. Ro‘yxatga AQShning Texas shtatidagi keskin sovuq va Xitoyning Xenan provinsiyasidagi suv toshqini ham kiritilgan.


«Tolibon» Kobulda namoyishchi ayollarga qarata o‘q uzdi

Afg‘onistonda «Tolibon» harakati jangarilari seshanba kuni Kobulda namoyish uyushtirgan ayollarga qarata o‘t ochdi. Bu haqda Afg‘onistonning Asvaka agentligiga tayanib TASS xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, voqea Italiyaning Emergency gumanitar tashkiloti shifoxonasi hududida sodir bo‘lgan. Qurbonlar va yaradorlar haqida xabar berilmagan.


Isroil dekabr oyida Suriya portiga ikkinchi marta zarba berdi

28 dekabr kuni Isroil Suriyaning Latakiya portiga havo hujumi uyushtirdi va konteyner saqlanadigan hududni yoqib yubordi. Ushbu dekabr oyidagi ikkinchi hujumda yaqin atrofdagi binolarga zarar yetkazildi. Bu haqda Suriya davlat matbuotga tayanib Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Isroil armiyasi matbuot kotibi izoh berishdan bosh tortgan. «Biz xorijiy xabarlarga izoh bermaymiz», — degan matbuot kotibi.

Suriya matbuoti xabarlarida qurbonlar haqida hech narsa aytilmagan.


Yaponiya hukumati yolg‘izlikka qarshi kurash dasturini qabul qildi

Yaponiya hukumati 28 dekabr kuni fuqarolarning yolg‘izlik muammolarini yengillashtirishga qaratilgan dasturini qabul qildi. Dastur ushbu masalalar bo‘yicha kechayu kunduz maslahatlashuv tizimini yaratishni nazarda tutadi. Shuningdek, bo‘ydoqlar sekin-asta muloqotga kirishishlari va ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin bo‘lgan turli platformalar tashkil etish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi TASS.

Xabarga ko‘ra, Yaponiya hukumati yolg‘iz fuqarolarga yordam berish maqsadida ularning sonini aniqlashga qaratilgan umummilliy aholi ro‘yxatini o‘tkazishi mumkin. Fevral oyida yolg‘iz rezidentlar bo‘yicha vazir lavozimi ta’sis etildi. U hozirda tug‘ilish darajasining pastligi bo‘yicha vazir Seyko Noda hisoblanadi.

Yolg‘izlik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan o‘z joniga qasd qilish muammosi 2020 yilda Yaponiyada 11 yil ichida birinchi marta ko‘tarilgan. 2020 yili mamlakatda 21 mingdan ortiq kishi o‘z joniga qasd qilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 912 nafarga ko‘pdir. 2019 yilda mamlakatda 1978 yildan beri eng kam o‘z joniga qasd qilish holatlari qayd etilgan. Ularning soni ketma-ket o‘n yil davomida kamayib bormoqda, ammo koronavirus epidemiyasi bu ijobiy tendensiyani to‘xtatdi.


Turkmaniston prezidenti Rossiya vaksinalari tufayli mamlakatda hech kim koronavirusga chalinmaganini aytdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakatda hozircha koronavirus infeksiyasi qayd etilmaganini aytdi. Bunga Rossiyaning COVID-19 ga qarshi vaksinalari tufayli erishildi, dedi u. Bu haqda Kommersant’ nashri xabar berdi.

Berdimuhamedov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Sankt-Peterburgdagi norasmiy sammitida so‘zlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston allaqachon uchta rus vaksinasidan — «EpiVakKorona», «Sputnika V» va uning «Sputnik Layt»ning bir komponentli versiyasidan foydalanishga ruxsat bergan.