Varshavada (Polsha) bo‘lib o‘tayotgan shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha FIDE jahon chempionatida Nodirbek Abdusattorov jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi.

17 yoshli o‘zbekistonlik (Jahon FIDE reytingida — 2633 ochko) norvegiyalik (2856) ustidan g‘alabasida unga omad kulib boqqanini aytdi.

«Menga biroz omad kulib boqdi, chunki u farzinni H5 katakka surish orqali darhol durangga majbur qilishi ham mumkin edi. Umuman olganda, o‘yin deyarli oxirigacha teng kuchda o‘tdi», — degan u.


Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi.

11-turda esa Nodirbek rossiyalik Vladimir Fedoseyev bilan durang o‘ynadi. Shundan so‘ng, hindistonlik Gukesh Dommaradjuga qarshi o‘yinda ham durang natija qayd etildi. Shu tariqa, Abdusattorov 9 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi.

Nodirbek Abdusattorov o‘tgan turlarda jahon reytingining kuchli shaxmatchilari — Levon Aronyan (2772) va Fabiano Kuruanani mag‘lub etgan, shuningdek, Radoslav Voytashek va Boris Gelfandni ortda qoldirgan edi.

25−31 dekabr kunlari Polsha poytaxti Varshava shahrida o‘tayotgan FIDE jahon chempionatining rapid yo‘nalishida sovrin jamg‘armasi 350 000 dollarni tashkil qiladi.

Blits yo‘nalishida ham mukofot — 350 000 dollar.

Rapid yo‘nalishida 10-turdan so‘ng natijalar quyidagicha:

17 yoshli Nodirbek Abdusattorov jahon chempioni Magnus Karlsenni ishonchli mag‘lub etdi. Jahongir Vohidov polshalik grossmeyster Kshishtof Yakubovskiy ustidan g‘alaba qozongan.

Javohir Sindarov Evgeniy Postniyni mag‘lubiyatga uchratib, bir ochkoga ega bo‘ldi. Shamsiddin Vohidov Klementiy Sichev bilan durang o‘ynadi.