O‘zbekistonda 27 dekabrdan boshlab yangi namunadagi 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotalar muomalaga chiqarildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar berdi.

Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

Avvalroq, yangi ko‘rinishdagi 50 ming so‘m va 100 ming so‘m bo‘lgan banknotlar 22 dekabridan muomalaga chiqarilishi ma’lum qilingandi. Shundan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari 50 ming so‘mlik banknota namunasining old tomonida «Al-Hakim at-Termiziy» maqbarasi tasviri tushirilgani, biroq banknotada maqbara nomi «Abu Iso at-Termiziy» deb yozilganiga e’tibor qaratishdi.


Buning ortidan regulyator 50 ming so‘mlik banknot namunasining old tomonidagi xatolikni tan oldi va befarq bo‘lmagan barchaga minnatdorchilik bildirdi.MB matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, 50 ming so‘mlik banknotadagi xatolik bartaraf etilgan.


Ushbu yangi banknotalar 2017 yil namunasidagi 50 ming so‘mlik va 2019 yil namunasidagi 100 ming so‘mlik banknotlar bilan parallel ravishda muomalada bo‘ladi.