Oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda akademik litsey va kasb-hunar ta’lim dargohlari o‘quvchilarining qishki ta’tillari 25 dekabrdan boshlandi. Bu haqda 25 dekabr kuni kechqurun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, o‘qish joyidan boshqa hududlarda yashovchi yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida xuddi shu sanadan boshlab ular uchun temir yo‘l va aviachiptalarda 50 foizlik chegirmalar joriy etishga qaror qilingan. Ta’til kunlarining boshlanishini ham xuddi shu sanaga ko‘chirishga qaror qilindi.

O‘zbekiston o‘quvchilari va talabalariga har yili ikki haftalik qishki ta’tillar yakunlovchi yilning oxirgi to‘rt kuni va yangi yilning birinchi o‘n kunligida beriladi. Bu tartib Prezidentning 1992 yildagi farmoni bilan o‘rnatilgan.