O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Odil Ahmedov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) vitse-prezidenti lavozimiga saylandi. Shu bilan birga, u O‘FA Ijroiya qo‘mitasining a’zoligiga ham tasdiqlandi. Bu haqda O‘FAning navbatdan tashqari Kongressida e’lon qilindi.

Shuningdek, O‘FA Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga quyidagilar tasdiqlandi:

  • O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shaabduraxmonov Rustam Mavzurovich,
  • Turizm va sport vaziri o‘rinbosari Karimov Avaz Qudratullayevich,
  • «O‘zbekneftgaz» Aksioner Jamiyati Boshqaruv raisi Abdullayev Mehriddin Razzoqovich,
  • Oliy sud raisi Kamilov Kozimjon Fozilovich,
  • O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi Xodjayev Alisher Jo‘rakulovich.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin O‘zbekiston milliy terma jamoasida 108 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan Odil Ahmedov futboldagi faoliyatiga yakun yasagani haqida xabar berilgandi.