Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 9 dekabrdan kuchga kiradi.

  • 1 AQSh dollari 12,46 so‘mga ko‘tarildi va 10 782,24 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 7,49 so‘mga pasaydi va 12 159,13 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,16 so‘mga pasaydi va 145,01 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 5,56 so‘mga pasayib, 10 769,78 so‘mni tashkil qilgandi.