Rossiyada 2 kishida koronavirusning omikron shtammi aniqlandi

Rossiyaga Janubiy Afrikadan kelgan ikki kishida COVID-19'ning omikron shtammi aniqlandi, deb xabar berdi Meduza.

«Karantin binosiga joylashtirilgan kuni PZR-testi ijobiy chiqqan ikki bemorda „Rospotrebnadzor“ Markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan genom bo‘yicha sekvenlash natijasida omikron shtammi aniqlandi», — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlaria ko‘ra, Rossiyaga Janubiy Afrika va qo‘shni davlatlardan kelgan 10 kishida koronavirus aniqlangan, ammo ularda aynan qanday shtamm borligi hozirda tekshirilmoqda. Tashrif buyuruvchilarning barchasi karantindan o‘tish uchun mo‘ljallangan binoga yuborilgan.


Hindistonda harbiylar 14 nafar tinch aholini o‘ldirdi

Nagaland shtatida Hindiston kuchlari ishchilar guruhini jangarilar deb adashtirib, o‘t ochishi oqibatida kamida 14 nafar tinch aholi va xavfsizlik kuchlarining bir xodimi halok bo‘ldi.

Nyu-Dehlida joylashgan Federal mudofaa vazirligi rasmiysining aytishicha, hodisa va zo‘ravonliklarda o‘ndan ortiq tinch aholi va xavfsizlik kuchlarining ba’zi a’zolari ham yaralangan. Hindiston ichki ishlar vaziri Amit Shoh tinch aholi o‘limi haqidagi xabardan qayg‘uda ekanini aytdi. Nagalend bosh vaziri voqea yuzasidan tekshiruv olib borilishi va aybdorlar javobgarlikka tortilishini aytdi. U ushbu hodisani razvedkadagi muvaffaqiyatsizlik deb atadi — Reuters.


Bryusselda namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llandi

Bryusselda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishchilarni tarqatish uchun politsiya suv purkagichlari va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan. Minglab odamlar 3 dekabr kuni e’lon qilingan yangi choralarga norozilik bildirishdi.

Namoyishchilar Yevropa Ittifoqi bosh qarorgohi tomon yo‘l oldi. Ba’zilarida vaksinani tanqid qilgan va majburiy emlashga qarshi shiorlar bor edi. Odamlar «Ozodlik! Ozodlik!» va «Ozodligimiz, huquqlarimiz va farzandlarimiz uchun birlashamiz» deb yozilgan bannerlarni ko‘tarib oldilar, deb xabar beradi Kommersant’.

Namoyishchilarning asosiy qismi — 100 ga yaqin kishi maxsus kuchlar barrikadasiga to‘qnashgan vaqtda allaqachon tarqalib bo‘lgan. Politsiya bilan qisqa to‘qnashuvdan so‘ng, namoyishchilar ularga qarata axlat va boshqa narsalarni, shu jumladan velosipedlarni uloqtirdi. Politsiya olomonni tarqatish uchun suv purkagichlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.


Ukraina Rossiyaning Smartavia aviakompaniyasining 13 samolyotini Qrimga uchayotgani uchun sirtdan qo‘lga oldi

Ukraina sudi Qrimgaga parvozlarni amalga oshirayotgan Rossiyaning Smartavia aviakompaniyasining 13 ta samolyotini sirtdan hibsga oldi. Bu haqda Ukraina xavfsizlik xizmatiga tayanib TASS xabar berdi.

Maxfiy xizmatning aniqlik kiritishicha, samolyotlar hibsga olinishi Ukraina hududiga kirish va chiqish tartibini buzish moddasi bo‘yicha amalga oshirilgan.

Hozirda 249 ta samolyot xuddi shunday sanksiyalarga duchor bo‘lmoqda.


Shanxayda pichoq bilan qurollangan shaxs 9 kishini jarohatladi

Shanxayda pichoq bilan qurollangan erkak to‘qqiz kishini, jumladan, ikki politsiyachini yaraladi, deya xabar berdi RIA Novosti.

«Pudun tumani jamoat xavfsizligi byurosiga 2021 yil 6 dekabr kuni soat 14:33 da Boshan ko‘chasida pichoq bilan qurollangan shaxs bir kishini yaralagani haqida xabar keldi», — deyiladi xabarda. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tezda voqea joyiga yetib borishdi va gumondor — 26 yoshli Lyu ismli erkakni ushlashga muvaffaq bo‘ldi.