Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi medtexnikumda tahsil oluvchi talaba qiz o‘zini 5 qavatli yotoqxona derazasidan tashlab, vafot etganligi haqida xabar tarqaldi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu voqea 30 noyabr kuni 19:00da sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, 2001 yilda tug‘ilgan qiz Qarshi shahrida joylashgan «Abu Ali ibn Sino» nomidagi jamoat salomatligi texnikumining 2-bosqichida o‘qigan. 30 noyabr kuni u mazkur texnikum yotoqxonasining 4-qavatidan sakrab, o‘z joniga qasd qilgan. Biroq, bunga nima sabab bo‘lgani hali ma’lum qilinmagan.

Hozirda holat bo‘yicha Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Shuningdek, marhumaning o‘lim sabablari va ishga aloqador bo‘lgan boshqa holatlarga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Ishga aloqador bo‘lgan shaxslardan tushuntirish xatlari olinmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.