Bishkekda muxolifatchi partiya yetakchisiga hujum uyushtirildi

Chorshanba kuni Qirg‘iziston poytaxtida muxolifatdagi «Ata-Meken» (Vatan) partiyasi yetakchisi Omurbek Tekebayevga hujum uyushtirildi. Bu haqda TASS ma’lum qildi.

«Bir necha niqobli kishi shahar markazida Tekebayevga hujum qilib, ko‘zoynagini sindirib, telefonini tortib oldi», — dedi partiya vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchi jiddiy jarohat olmagan. Tekebayevning o‘zi hujumni siyosiy faoliyati bilan bog‘lagan.

«Mamlakatda norozilikni yo‘q qilishga harakat qilinmoqda», — dedi u jurnalistlarga.


AQShda maktabda sodir bo‘lgan otishmada uch o‘quvchi halok bo‘ldi

AQShning Michigan shtatidagi Oksford qishlog‘ida joylashgan maktabda otishma yuz berdi, maktabning uch nafar o‘quvchisi halok bo‘ldi, dedi Oklend okrugi sherifi o‘rinbosari Mayk Makkeyb. Bu haqda Kommersant’ xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, yana sakkiz kishi, jumladan, o‘qituvchilardan biri ham jarohatlangan. Gumonlanuvchi sifatida 15 yoshli o‘quvchi hibsga olingan. Janob Makkeybning so‘zlariga ko‘ra, u sukut saqlash huquqidan foydalangan. Gumonlanuvchi yarim avtomatik miltiq bilan qurollangani aytildi . Qayd etilishicha, gumonlanuvchi jabrlanmagan.


Moskva COVID-19'ga qarshi kurashda innovatsiyalar bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinni egalladi

StartupBlink tadqiqot agentligi COVID-19'ga qarshi kurashda yordam beradigan innovatsiyalar uchun shaharlar reytingini tuzdi. Moskva dunyoda uchinchi va Tvropa shaharlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. «Dunyo megapolislari orasida Rossiya poytaxti San-Fransisko va Nyu-Yorkdan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Kuchli beshlikka Boston va London yakun yasadi», — deyiladi Moskva meriyasi saytida — Kommersant’.


Nur-Sultonda olti nafar O‘zbekiston fuqarosini qullikka sotgan shaxs qo‘lga olindi

Nur-Sultan shahrida odam savdosi uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda BaigeNews.kz.

Erkak xalqaro qidiruvda bo‘lgan. 2014 yilda u olti nafar fuqaroni Qozog‘istonda yuqori maoshli ishga joylashtirishini va’da qilib, O‘zbekistondan olib chiqib ketgan. Olmaotada u vatandoshlarining pasportlarini olib, boshqa shaxsga topshirgan. Yetti oy davomida erkaklar og‘ir sharoitlarda ishlashga majbur bo‘lgan. U 2015 yilda O‘zbekistonda odam savdosi aybi bilan besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan.


Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev tasvirlangan yangi banknotalar muomalaga chiqariladi

Qozog‘istonda Milliy bank tomonidan davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Nursulton Nazarboyev surati tushirilgan, nominal qiymati 20 ming tenge bo‘lgan banknotalarni muomalaga chiqaradi. Shu bilan birga, 2015 yil namunasidagi nominal qiymati ushbu miqdorda bo‘lgan to‘lov vositalari ham qonuniy bo‘lib qoladi. Pullar dekabr oyining birinchi o‘n kunligida muomalaga chiqariladi.