Nukusda ijarada yashovchi talaba is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 24 noyabr kuni soat 07:00 larda Nukus Davlat pedagogika institutining talabasi R.R. ijaradagi xonadonida o‘rnatilgan isitish qozoni otashxonasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Marhumga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Tekshirish harakatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.