Ijtimoiy tarmoqlarda Yuqori Chirchiq tumani 23-maktab rahbariyati o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilishayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, sinf rahbari tomonidan o‘quvchilar haqiqatdan ham 15 noyabr kuni dars vaqtida maktabning hovlisini va tashqari hududini majburiy tarzda ishlatilganligi aniqlangan. Shuningdek, bu kabi holat haftasiga ko‘p marotaba takrorlanib kelayotganligi o‘z tasdig‘ini topdi.

Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Voyaga yetmaganlarning mehnatidan ma’muriy tarzda majburlash yo‘li bilan foydalanganligi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga (Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash) asosan qonuniy chora ko‘rish uchun, Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi.