O‘zbekiston yanvar-oktabr oylarida Xitoyga umumiy qiymati 601,3 mln dollarga teng 2,6 mln tonna gaz eksport qilgan. Bu haqda Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotiga tayanib TASS agentligi xabar bermoqda.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmaniston Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib beruvchilar orasida yetakchilikni saqlab turibdi. O‘n oylik hisobot davrida mamlakat Xitoyga umumiy qiymati 5,4 mlrd dollarlik 19,8 mln tonna gaz eksport qilgan. Yanvar-oktabr holatiga Rossiyaning Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish hajmi yillik hisobda qariyb 2,6 baravarga oshib, 5,9 mln tonnadan ziyodni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, o‘n oy davomida Xitoyning Rossiyadan ushbu turdagi energiya tashuvchisi importining umumiy qiymati ikki barobardan ziyodga o‘sgan va 1,1 mln dollarni tashkil etgan. Keyingi o‘rinni Qozog‘iston (865 mln dollarlik 3,73 mln tonna gaz) va O‘zbekistondan keyin Myanma (1,2 mrd dollarlik 2,5 mln tonna gaz) egallagan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda Xitoy iqtisodiyoti ehtiyojlari uchun quvur orqali gaz importining qariyb 60 foizi Turkmaniston hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston umumiy qiymati 596,8 mlg dollarga teng gaz eksport qilgan, bu esa Xitoy bojxona boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan ko‘rsatkich bilan deyarli bir xil. Bundan O‘zbekiston tomonidan eksport qilinadigan gaz to‘liq Xitoyga yetkaziladi degan xulosa qilish mumkin.

O‘zbekiston Xitoyga eksport qilayotgan 1 tonna gazi uchun o‘rtacha 233,95 dollar olsa, Turkmaniston 271,85 dollar, Qozog‘iston esa 231,9 dollar oladi.