2000 yildan 2020 yilgacha O‘zbekistondan 1 107 854 nafar fuqaro xorijiy davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketgan. 20 yil ichida mamlakatga ko‘chib kelgan xorijliklar soni 11 baravar kam — 99 341 kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi «Gazeta.uz» so‘rovi asosida ma’lum qildi.


O‘zbekistondan doimiy yashash uchun boshqa davlatlarga ketganlar soni.

O‘zbekistondan eng ko‘p ko‘chib ketganlar soni 2005 yilda — 104,9 ming kishi, eng kami — 2019 yilda (13229 nafar) ro‘yxatga olingan. Pandemiya sharoitida 2020 yilda 13 648 kishi mamlakatdan ko‘chib ketgan.


O‘zbekistonga ko‘chib kelgan xorijliklar soni.

O‘zbekistonga joylashish uchun eng ko‘p xorijliklar 2002 yilda — 7155 nafar, eng kami — 2020 yilda (1105 nafar) kelgan.

Davlat statistika qo‘mitasi faqatgina 2018−2020 yillar kesimida immigratsiya va emigratsiya haqidagi ma’lumotlarni mamlakatlar bo‘yicha taqdim eta oldi.

O‘zbekistondan ko‘chib ketganlar soni

Davlat /yillar
2018
2019
2020
2018−2020
Jami17 579
13 229
13 648
44 456
Qozog‘iston
8 848
7 645
5 843
22 336
Rossiya
7 627
4 903
6 503
19 033
AQSh
233
112
16
361
Isroil
147
100
49
296
Qirg‘iziston
100
59
36
195
Germaniya
95
65
28
188
Tojikiston
88
70
23
181
Ukraina
60
49
17
126
Boshqa xorijiy davlatlar
381
226
1 133
1 740

Uch yil davomida O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati Qozog‘istonga ko‘chib ketgan — 22336 kishi. Rossiya ikkinchi ommaviy yo‘nalish bo‘ldi — 19033 kishi. Shuningdek, o‘zbeklar AQSh — 361, Isroil — 296, Qirg‘iziston — 195, Germaniya — 188, Tojikiston — 181, Ukraina — 126 va boshqa mamlakatlarga 1740 kishi yashash uchun ketgan.

O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar soni

Davlat /yillar
2018
2019
2020
2018−2020
Jami
2850
2543
1105
6498
Qozog‘iston
793
854
413
2060
Tojikiston797
545
230
1572
Rossiya
676
583
236
1495
Qirg‘iziston281
306
96
683
Turkmaniston
90
50
16
156
Ukraina
33
31
15
79
SAQShSHA
30
22
12
64
Isroil31
14
12
57
Turkiya
12
21
14
47
Boshqa xorijiy davlatlardan107
117
61
285

O‘zbekistonga qo‘nim topish maqsadida yana Qozog‘istondan ko‘pchilik — 20160 kishi kelgan. Immigrantlar soni bo‘yicha Tojikiston ikkinchi o‘rinni egalladi — 1572 kishi, undan keyin Rossiya — 1495 kishi, Qirg‘iziston — 683, Turkmaniston — 156, Ukraina — 79, AQSh — 64, Isroil — 57, Turkiya — 47 va boshqa davlatlar — 285.