Italiya poytaxti Rimda 30−31-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan G20 sammitiga a’zo davlatlar 2030 yilgacha sayyorada bir trln daraxt ekishni maqsad qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

2030 yilgacha Yer yuzida daraxt ekish maqsadi sammit doirasida imzolangan yakuniy deklaratsiyasida ko‘rsatilgan. Hujjat matni Kidji hukumat saroyi tomonidan tarqatildi.

«Biz birgalikda sayyoraning eng yomonlashgan ekotizimlariga alohida e’tibor bergan holda, 1000 mlrd daraxt ekish maqsadini qo‘llab-quvvatlaymiz», deyiladi deklaratsiyada.

Sammit ishtirokchilari ushbu global maqsadga erishish uchun boshqa mamlakatlarni G20 bilan kuchlarni birlashtirishga chaqirdi. Buni shu jumladan «xususiy sektor va fuqarolik jamiyati ishtirokidagi iqlim loyihalari» orqali mumkin, deyiladi xabarda.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish G20 sammiti iqlim bo‘yicha umidlarni oqlamaganini ta’kidladi. U 31 oktabrdan 12 noyabrgacha Buyuk Britaniyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tadigan COP26 konferensiyasiga umid bog‘layotganini aytdi.

Katta yigirmtalik (G20 — The Group of Twenty, major advanced and emerging economies) — eng rivojlangan va rivojlanayotgan iqtisodiyotiga ega davlatlar hukumatlari va markaziy banklari rahbarlaridan iborat klub hisoblanadi.