6 sentyabrdan darslar to‘liq an’anaviy tarzda boshlanadi. Vaqtincha yopilgan maktablar uchun teledarslar ham yo‘lga qo‘yiladi, deya ma’lum қилдиXalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lumotga ko‘ra, faqat quyidagi holatlar bolani vaqtincha ta’lim jarayoniga masofadan jalb etilishiga sabab bo‘lishi mumkin:

  • o‘zi yoki oila a’zolaridan biri COVID-19 bo‘lib vaqtincha davolanishda bo‘lgan o‘quvchilar uchun;
  • o‘quv yili davomida o‘qituvchi yoki o‘quvchilar orasida koronavirus aniqlanib, vaqtinchalik karantinga olingan sinf yoki maktablar uchun.

Shuningdek, vaqtincha boshqa joyda o‘qishni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan maktablarning o‘quvchilari onlayn ta’lim olishlari mumkin.

Bunday o‘quvchilar uchun parallel ravishda darslar MTRK telekanallari orqali «Onlayn maktab» loyihasi doirasida berib boriladi, deyiladi xabarda.

Avgust oyi boshida Xalq ta’limi vazirligi yangi 2021−2022 o‘quv yilida maktablarda dars jarayoni gibrid shaklda davom ettirilishiga tayyorgarlik ko‘raётганиниma’lum qilgan edi. Bunda maktabda yuzaga keladigan vaziyatga qarab ayrim maktablar karantinga yopilib masofaviy tizimga o‘tkazilishi mumkinligi haqida aytilgan.