27 avgust holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 829 nafar shaxsda koronavirus infeksiyasi qayd etildi va jami kasallanganlar soni 154033 nafarga yetdi, deb xabar berdi SSV matbuot xizmati.

COVID-19`ga chalinish bo‘yicha eng ko‘p holat Toshkent shahri (248), Toshkent viloyati (129) va Qoraqalpog‘istonda (81) kuzatildi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 146550 (+857) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1064 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Juma kuni, shuningdek, 334 kishida pnevmoniya aniqlangan. Bemorlar soni 22839 nafarga yetdi. Kechagi kun holatiga ularning 358 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar 15368 nafarni tashkil qildi.

Pnevmoniyaga chalingan bemorlarning 4 nafari (jami 163 kishi) vafot etdi.