Payshanba kuni Kobul aeroporti yaqinida ikkita portlash sodir bo‘ldi, ulardan biri — Baron mehmonxonasi yaqinida, OAV xabarlariga ko‘ra, chet elliklar, shu jumladan Britaniya va AQSh fuqarolari yig‘ilganida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi portlash xudkush tomonidan amalga oshirilgan, keyin esa portlovchi moddalar o‘rnatilgan mashina portlatilgan.

Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Wall Street Journal xabar berishicha, Kobul aeroportidagi portlashlar qurbonlarining umumiy soni, shu jumladan AQSh harbiylari qurbonlari soni 100 nafardan oshdi. Nashrining qayd etishiga ko‘ra, hujum natijasida kamida 90 afg‘on fuqarosi, shuningdek Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, 13 amerikalik askar halok bo‘lgan.

Foto: TOLOnews / Twitter

Yuz bergan portlashlar oqibatida 1,3 mingdan ortiq odam jarohat oldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbaga tayanib.

«ISHID» terrorchilik tashkiloti Kobul aeroportidagi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar berdi Reuters ISHIDga yaqin bo‘lgan AMAQ axborot agentligiga tayanib.

General Kennet Makkenzi, AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi boshlig‘i so‘zlariga ko‘ra, aeroportdagi birinchi portlash «ISHID» jangarilari tomonidan tinch aholi va harbiylarga o‘q uzilgan bir necha hujumlar bilan sodir bo‘lgan".

«Tolibon» portlashlarni qoraladi. Harakatning rasmiy vakili Suhail Shohin Twitter`da «Islomiy amirlik Kobul aeroportida amerikalik kuchlar xavfsizlikni ta’minlaydigan hududda, tinch aholiga qilingan hujumni keskin qoralaydi», deb yozdi (RBK iqtibosi).

Keyinchalik Kobulda yana bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi. AQSh harbiylari bu ular uyushtirgan nazoratli portlashlar haqida ketayotganini tushuntirdi.

Avvalroq, AQSh rasmiylari aeroport hududida teraktlar xavfi borligi haqida bir necha bor ogohlantirgandi. Bu haqda Britaniya Mudofaa vazirligi ham xabar bergan. Terakt xavfi tufayli G‘arb davlatlari evakuatsiyani tezroq tugatishga harakat qilishgan.